YANGILIKLAR

Institutda Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boshlandi.

img

   Samarqand veterinariya meditsinasi institutida “Chorvachilik hamda veterinariya sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va muammolar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tmoqda.
Konferensiyaning plenar yig’ilishi 22 may kuni soat 12:00 da boshlandi. Yigilishni institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori A.Daminov olib bordi va kun tartibidagi ma’ruza mavzulari bilan konferensiya ishtirokchilarini tanishtirib o’tdi.

Dastlab konferensiyani kirish so’zi bilan Institut rektori X.B.Yunusov ochib berdi va tashkil etilayotgan mazkur konferensiyaning veterinariya sohasi rivoji uchun ahamiyati haqida gapirib o’tdi.

J.B.Yo’lchiyev “Itlarda sut bezi o’smalarining etiologiyasi, patomorfologiyasi va davolash” mavzusida taqdimot qildi.

Rus tilida “Osobennosti rosta I razvitiya krolikov porodi novozelandskaya belaya s rojdeniya do otsadki” mavzusi bo’yicha B.B.Ibragimov ma’ruza qildi.

Ayni vaqtda institutimizda bo’lib turgan Vitebsk davlat veterinariya akademiyasining o’quv ishlari bo’yicha prorektori Aleksandr Aleksandrovich Belko “Belarus respublikasida veterinariya xizmati” mavzusida yig’ilganlarga taqdimot qildi.

Institut matbuot kotibi
Shaxzod Axmedov