YANGILIKLAR

Xalqaro tashrif

img

   Samarqand veterinariya meditsinasi institutida O’zbekiston Resublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-2909 sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va ta’lim tizimida yuqori natijalarga erishishni qo’llab quvvatlash va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8-maydagi “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to’g’risida” gi PQ-3703 sonli qaroridagi vazifalar ijrosini ta’minlash, xorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsad qilingan. 
Shu munosabat bilan institutga Belarussiya Respublikasining Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi o’quv ishlari bo’yich prorektori Belko Aleksandr Aleksandrovich va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Dmitriy Fedotov institut rektori taklifiga binoan kelgusida qo’shma fakultet tashkil etish, dars jarayonlarini olish borish, hamkorlikda o’quv dasturlarini ishlab chiqish va veterinariya fanlari bo’yicha darsliklar yaratish maqsadida tashrif buyurdi.Mehmonlarni institut rektori X.B.Yunusov, o'quv ishlari bo'yicha prorektor B.Narziyev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor A.Daminov va xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i X.Pardayev kutib oldi. Institut rektori X.B.Yunusov mehmonlarni tashrif bilan qutlab, kelgusida sohada o’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish haqida fikrlarini bildirdi. 


Institut matbuot kotibi
Shaxzod Axmedov